O‘zbekiston | 10:00 / 05.09.2023
8078
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” kompaniyasining hududiy filiallari direktorlari Turkiyada malaka oshirish kurslarini tamomladi

Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish konsepsiyasi doirasida joriy yilning avgust oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasining bir guruh hududiy filiallar direktorlari Turkiya sug‘urta institutida malaka oshirish kurslarini tamomladi.

Foto: O‘zbekinvest

1970 yilda tashkil etilgan Turkiya sug‘urta instituti Turkiyaning sug‘urta sektoridagi yagona o‘quv va tadqiqot markazi hisoblanadi.

Turkiya sug‘urta instituti mutaxassislari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga ko‘ra, “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari direktorlari eksport risklari, korporativ mijozlar va jismoniy shaxslarni sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgandilar.

Trening yakunida Turkiya sug‘urta birlashmasi va Turkiya Eksimbankining yetakchi mutaxassislari bilan O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning dolzarb masalalari va global tashqi omillarning sug‘urta sohasining rivojlanishiga ta’siri yuzasidan tajriba va fikr almashildi.

“O‘zbekinvest”da barcha darajadagi mutaxassislarning uzluksiz malakasini oshirish kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish konsepsiyasi doirasida so‘nggi olti yil davomida “O‘zbekinvest” kompaniyasining 100 dan ortiq rahbar va xodimlari AQSh, kontinental Yevropa, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya va Janubiy Koreyaning yetakchi ta’lim muassasalarida malaka oshirdilar.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid