Ukrainada urushning 559-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrain nashrlari va telegram-kanallarda RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 200 ming kishini safarbar qilish to‘g‘risidagi «buyrug‘i» tarqaldi. Regional rasmiylar uni feyk deb atashdi. Davlat dumasidagilar hozirda safarbarlikka hojat yo‘qligini aytishdi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik oligarx Mixail Fridmanni «Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini moliyalashtirish»da gumonladi.
  • Erdo‘g‘an Sochida 4 sentabr kuni Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirib,  «istiqbolda Ukrainada tinchlikka erishish imkoniyatlari ko‘rinmayotgani»ni aytdi.
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AFP jurnalistiga undan general Sergey Surovikin haqida so‘rashdan ma’no yo‘qligini bildirdi, biroz avvalroq The New York Times manbalari u ozod etilganini tasdiqlagandi.
  • Kuba hukumati odamlar savdosi bo‘yicha tarmoqni fosh etdi. Uning ishtirokchilari RFda yashovchi kubaliklarni Ukrainadagi urushga yollash bilan ham shug‘ullangan.
  • Kaluga, Tver va Moskva oblastlarida dronlar urib tushirildi. Moskva yaqinida «xo‘jalik obekti» shikastlangan.

Baxmut yaqinida zarbalar ostida jang qilayotgan ukrain harbiylari

Ukraina qurolli kuchlarining «Steytem» chaqiruv belgisiga ega harbiysi — u 3-alohida shturm brigadasida xizmat qiladi — Baxmut yaqinidagi xandaqda rossiyaliklarning zarbalaridan yashirinmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
«Steytem» o‘z quroldoshi, otishma vaqtida og‘ir yarador bo‘lgan «Plamya» laqabli 19 yoshli soldatga yordam ko‘rsatmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Yarador ukrain askari Baxmut yaqinidagi pozitsiyadan evakuatsiya qilinishini kutish chog‘ida