5 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Mahalliy matbuotning yozishicha, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

«Diplomatlar vaziyatni nazoratga olgan. Istanbul hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, jabrlanganlar orasida vatandoshlarimiz borligi haqida ma’lumot yo‘q», deyiladi xabarda.