Samarqand deklaratsiyasi O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.
Tadbir 7–8 sentabr kunlari 15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tmoqda.

«Pandemiya va global chaqiriqlar bizni eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga ruhlantirmoqda, fermerlar va agrobiznesni rag‘batlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligini yuritishning yangi uslublari naqadar muhimligini isbotlayapti. O‘zbekistonda agrooziq-ovqat tarmog‘ini qayta tashkil etish jarayoni kechmoqda. Biz qishloq xo‘jaligining salohiyatini kuchaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun jahonning yetakchi olimlarini jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Jahonda yanada yuqori sifatli oziq-ovqat bilan yanada ko‘proq insonlar qamrab olishini ta’minlanishi uchun yangi yechimlar va innovatsiyalarni talab qilmoqda. Mana shular konferensiya muhokamasida asosiy o‘rinni egallaydi va Samarqand deklaratsiyasining asosini tashkil qiladi», — rejalari bilan o‘rtoqlashdi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari qayd etiladi:
- qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish;
- aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishiga ko‘maklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish;
- ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylardagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;
- davlat miqyosida kichik va oilaviy xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

«Global iqtisodiy tanazzul va o‘sishning sekinlashuvi iqlim inqirozining oqibatlari, agrooziq-ovqat tizimida investitsiyalarning yetishmasligi, oziq-ovqatlar narxining o‘sib borishi va tengsizlikning kuchayib borishi bilan uyg‘unlikda, bizni 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlar (BTM)ga, ayniqsa BTM-2 (Nol ochlik)ka erishishga qaratilgan kursdan chetlatib yubordi.















