Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “To‘lovga qobiliyatsizlik sohasi takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun amaliyotda to‘laqonli ijro etilishini ta’minlash maqsadida amaldagi qonun hujjatlari ushbu qonunga muvofiqlashtirilishi zarur. Qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks va 18 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilyapti.

Qonun loyihasining qabul qilinishi orqali amaldagi qonun hujjatlari “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiqlashtiriladi, to‘lovga qobiliyatsizlik holatidagi korxonalarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish tartib-taomillarini qo‘llash orqali ularning faoliyatini tiklash va istiqbolsiz korxonalarni tugatish samaradorligi oshiriladi. Jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari mustahkamlanadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.