Xitoyning avtomobil sifati tarmoği energiya tejovçi transport vositalarini işlab çiqaradigan eng işonçli mahalliy brendlar reytingini tuzdi. Uşbu turkumga gibridlar va elektromobillar kiradi.
Reyting 5 ta kategoriya asosida tuzilgan: şikoyatlar va nuqsonlar, nosozlik xavfi, işonçlilik, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasi.
Birinçi örinni 123 ball töplagan Voyah brendi qölga kiritdi. Huawei kompaniyasiga tegişli ARCFOX ikkinçi böldi. Geely va Mercedes qöşma korxonasining Smart brendi uçinçi örinni egalladi.
Eng yaxşi öntalik quyidagiça:
- Voyah
- ARCFOX
- Smart
- AION
- Hycan
- Denza
- Zeekr
- HiPhi
- AITO
- Geely Geometry
Hammasi bölib reytingdan 34 ta brend örin olgan. Ulardan 23 tasi örtaça körsatkiçdan yuqori ball töplagan.
Eng kam nuqson uçraydigan avtomobillar: Voyah, ARCFOX, Smart, Aion va Hycan. Mijozlardan eng kam şikoyat tuşadigan avtomobillar: Denza, Zeekr, HiPhi, AITO, Geely Geometry va Polestar.
Reytingdan Tesla ham joy olgani diqqatga sazovor. Xitoyliklar Ilon Maskning avtomobillarini allaqaçon öziniki deb hisoblaşadi. Tesla uşbu reytingda atigi 22-örinni egalladi.













