2011 yil dekabr oyida işxonasidan jinoyatçilardek olib ketilib, öylab topilgan ayblovlar bilan 12 yilga qamalgan hamda 2022 yilning 22 sentabr kuni Oliy sudda oqlangan Xazorasp tumani içki işlar boşqarmasi tezkor xodimi Dilşod Maşaripov yoki birgina “i” harfi uçun sudga berilib, sarsongarçiliklardan söng oqlangan Toşkent viloyatida yaşovçi Abror Şamarovniki kabi taqdirlar köp. Sud tizimi erkin bölmagan jamiyatda bu kabi sinovli lahzalar oğir qismatga aylanişi, aybsiz fuqarolar peşonasiga sudlangan degan tamğa osongina yopiştirib qöyilişi heç gap emas.    

Raqamlarga e’tibor qaratiladigan bölsa, Özbekistonda 2007-2015 yillarda sudlar tomonidan 688 354 nafar şaxsga nisbatan 498 730 ta jinoyat işi körib çiqilib, atigi 110 nafar şaxs oqlangan. 2016-2022 yillar va 2023 yilning birinçi yarim yilligida esa 457 823 nafar şaxsga nisbatan 352 842 ta jinoyat işi körib çiqilgan hamda 5 304 nafar şaxsga oqlov hukmi çiqarilgan. 

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, oqlov hukmlarining ortişi sud tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasi bilan boğliq.

Mamlakatda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qiliş maqsadida qonunçilik bazasi xalqaro andozalarga uyğun tarzda takomillaştirib borilmoqda. Bu jarayonda rivojlangan davlatlar tajribasida muvaffaqiyatli tatbiq etilgan institut va tamoyillarni milliy amaliyotga joriy etişga alohida e’tibor qaratilyapti. 

Jumladan, sud jarayonida işlarning oşkora körilişi, tortişuv tamoyilini töliq ta’minlaş maqsadida jinoiy-protsessual qonunçilikka 2021 yil fevraldan dastlabki eşituv instituti joriy etilgan. Mazkur institut orqali sud majlisida yöl qöyilişi mumkin bölgan protsessual qonunbuzilişlarining oldini olişga, suriştiruv va tergov organlari faoliyati ustidan samarali sud nazoratini örnatişga imkoniyat yaratilgan.

Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda esa sudgaça majlis instituti joriy etilgan. Bu işni sud muhokamasiga tayyorlaş jarayonlarida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etişga hamda taraflardan kelişuv bitimini tuziş ehtimolini yoki nizoni hal qilişning muqobil usullari ehtimolini aniqlaşga zamin yaratgan.

Sönggi yillarda mamlakatda jinoiy jazolarni liberallaştiriş, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaşni yanada kuçaytiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi.