O‘zbekiston | 07:44 / 09.09.2023
4991
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mobil qurilmalardan ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarning 31 foizi tish og‘rig‘i va kariyesdan aziyat chekadi

Raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilar ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar ko‘proq shikoyat qilgan.

Foto: Kun.uz

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yili davomida 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar o‘quvchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tadqiqotning maqsadi zamonaviy raqamli qurilmalar va internetdan ko‘p foydalanish bolalarning kasallanishiga ta’sirini baholashga qaratildi. 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra bolalar orasida qon aylanish tizimi, nafas olish tizimi kasalliklari shovqin va quloq bilan bog‘liq shikoyatlar bor ekanligini aniqlangan.

Bundan tashqari, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilar ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar ko‘proq shikoyat qilgan.

Xususan, o‘quvchilarning 31 foizi tish og‘rig‘i va kariyesdan shikoyat qilgan, bu raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o‘quvchilarga nisbatan 6,4 foizga ko‘pdir.

Raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarda, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydiganlarga nisbatan turli kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan. 

Mavzuga oid