09:33 / 10.09.2023
17866

O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya o‘z uyida Yaponiyaga yirik hisobda yutqazdi

Yevroo-2024 mezboni Germaniya milliy jamoasi FIFA kunlarida navbatdagi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi. 

Foto: Getty Images

Flik jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

E’tiborlisi, nemislar so‘nggi 5ta o‘yinda 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etishdi. Navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvi 12 sentbyarda Fransiyaga qarshi o‘tkaziladi. 

O‘rtoqlik o‘yini
Germaniya — Yaponiya 1:4

9 sentabr, «Folksvagen Arena»
Gollar: Sane (19) — Dzyunya (11), Aeda (22), Asano (90), Tanaka (90+2).
Germaniya – ter Stegen, Ryudiger, Zyule, Shlotterbek (Gozens, 64), Gundo‘g‘an, Jan (Gross, 64), Virts (Brandt, 73), Kimmix, Haverts (Myuller, 73), Sane, Gnabri (Shade, 81).
Yaponiya – Osako, Sugavara (Hasioka, 84), Itakura, Tomiyasu, Ito, Endo, Kamada (Taniguti, 59), Morita (Tanaka, 75), Mitoma (Doan, 84), Dzyunya (Kubo, 75), Ueda (Asano, 59).
Ogohlantirishlar: Zyule (25), Itakura (52), Gozens (66).

Mavzuga oid
Top