Mezbon Özbekiston Hongkong darvozasiga 10 ta gol urdi. Husayn Norçayev va Uluğbek Hoşimov het-trikka erişdi. Abbos Fayzullayev, Alişer Odilov va Umarali Rahmonaliyev öz hisoblariga bittadan gol yozdirib qöyişdi. Şuningdek, yana bir gol Hojimat Erkinovning qanotdan bergan uzatmasidan keyin töp mehmonlar himoyaçisiga tegib darvozaga kirişi orqali röy berdi.

Guruhdagi ikkinçi uçraşuvda Eron Afğoniston darvozasiga javobsiz 4 ta gol yölladi. 

Sönggi turda 12 sentabr kuni Özbekiston va Eron guruh ğolibini aniqlaşadi. Hozirça töplar nisbatiga köra Temur Kapadze jamoasi peşqadam bölib turibdi.

1-turda Özbekiston Afğonistonni tor-mor etgan (8:1), Eron esa Hongkongdan yirik hisobda ustun kelgandi (3:0). 

Ma’lumot uçun, 11 ta guruhdan 1-örin sohiblari va 2-örin egalaridan eng yaxşi natija qayd etgan 4 ta jamoa qit’a çempionatiga yöl olişadi. 

Osiyo Kubogi U-23 saralaşi. Ye guruhi
2-tur. 9 sentabr
Honkong — Özbekiston 0:10
Gollar: Husayn Norçayev (6, 59, 69), Abbos Fayzullayev (24), Alişer Odilov (28, penalti), Umarali Rahmonaliyev (57), Man Ip (74, avtogol), Uluğbek Hoşimov (83, 88, 90+4). 
Özbekiston — Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Muhammadqodir Hamraliyev, Ibrohimhalil Yöldoşev, Ibrohim Ibragimov (Jasur Jaloliddinov, 46), Otabek Jöraqöziyev (Ruslan Jiyanov, 46), Abbos Fayzullayev (Hojimat Erkinov, 71), Umarali Rahmonaliyev, Alibek Davronov, Husayn Norçayev (Uluğbek Hoşimov, 71), Alişer Odilov.

Afğoniston — Eron 0:4
Gollar: Gorbani (29), Gudarzi (37), Saidmaneş (58), Husaynnajod (74).