«Bunyodkor» stadionidagi uçraşuvda OFK qaroriga köra, özbekistonlik muxlislar kiritilmagaç, öyingoh taşqarisida fan-zona taşkil etilib, 10 mingdan ortiq tomoşabin katta monitor qarşisida 90 daqiqa vakillarimizni qizğin qöllab-quvvatlab turdi.

Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi, ikkinçi taymning 60-daqiqasida esa Jasur Jaloliddinov jarima maydoni taşqarisidan super zarba yöllab, yaponlar darvozasini işğol etdi – 1:0.

Goldan ruhlangan vakillarimiz uçraşuvning 89-daqiqasida ikkinçi golni kiritişdi. Husayn Norçayev Suzuki bilan yakkama-yakka holatga çiqib, öyin taqdiriga nuqta qöydi – 2:0.

Şu tariqa, Temur Kapadze şogirdlari «12-öyinçi»siz ham Yaponiya ustidan zafar quçib, finalga yöllanma olişdi. «Bunyodkor» stadionida keçadigan 19 iyun kungi Saudiya Arabistoniga qarşi hal qiluvçi bahsda bu safar muxlislar ham stadionga qaytişadi. Vakillarimiz sönggi 4 yilda ikkinçi marta finalda töp surişadi.

Osiyo kubogi U-23. Yarimfinal.
15 iyun (çorşanba)
Özbekiston – Yaponiya – 2:0
Gol: Jasur Jaloliddinov 60, Husayn Norçayev 89.
Özbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Doston Tursunov (6.Jaloliddin Sodiqov, 72), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Hojimat Erkinov (20.Ruslanbek Jiyanov, 72), 9.Uluğbek Hoşimov (22.Alişer Odilov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullayev, 76), 15.Odilbek Abdumajidov, 17.Diyor Xolmatov, 19.Husayn Norçayev, 23.Abdurauf Böriyev.
Yaponiya U-23: 12. Suzuki, 3.Seyya Baba, 6.Daiki Matsuoka (7.Rixito Yamamoto, 58),  8.Joel Fujita, 9.Şota Fujio, 10.Koki Saito (13.Kein Sato, 58), 11.Mao Xosoya, 16.Takeşi Uçino, 17.Xijiri Kato, 18.Yuito Suzuki, 22.Anri Çase.