«Barçani ğalaba bilan tabriklayman. Muxlislar ajoyib tarzda qöllab-quvvatlaşdi. Rahmat.
Eronga qarşi öyin? Buni kiçik final desa ham böladi. Raqibni örganyapmiz. Ularning har bir çiziğida yaxşi öyinçilar yiğilgan. Ammo bizda ham ajoyib tarkib bor.
Afğoniston va Hongkong? Soliştirsak, afğonlar agressivroq harakat qilib, jang berişdi. Umuman olganda, ikkalasi ham himoyadan öynaydigan jamoalar. Aslida bunday jamoalarga 8-10ta gol uriş oson emas.
Ikki öyinda ikki xil tarkib tuşirdik. Sababi — klubida öyin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolçilarni formaga qaytariş. Bu — milliy jamoa. Raqobat bölgani yaxşi. Rotatsiya qila olyapmiz. Asosiy futbolçi degan narsa yöq. Eron bilan öyinda kimni asosiy tarkibda tuşiriş — bizning «boşoğriğimiz». Muhimi, kim qança öynasa ham, öşa daqiqalardan unumli foydalanişi kerak.
Pölatxöja Xoldorxonov tarkibga olinmagani? Faqat 23 futbolçini kirita olardim. Holatidan kelib çiqib, 6 nafar hujumkor öyinçini tanladik. Pölatxöjani bilamiz, u hali kelajakda milliy jamoalarga köp foyda keltiradi», — deya Kapadzening sözlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ma’lumot uçun, sönggi turda 12 sentabr kuni Özbekiston va Eron guruh ğolibini aniqlaşadi. Ikkala jamoa ham dastlabki ikki turda ğalaba qozondi. Hozirça töplar nisbatiga köra Temur Kapadze jamoasi peşqadam bölib turibdi.

















