Fukuyama: Rossiya-Ukraina urushining natijasi butun dunyoga ta’sir qiladi
Siyosatshunosning fikricha, Ukrainadagi urush oqibatlarini nafaqat yevropaliklar, balki Osiyo davlatlari va AQSh ham his qiladi.

Foto: AFP 2023 / Boris Horvat
Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi natijalari nafaqat qo‘shni davlatlar va mintaqa, balki butun dunyo uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu haqda Stenford universiteti katta ilmiy xodimi Frensis Fukuyama 10 sentabr kuni Yalta Yevropa strategiyasining (YES) yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Ushbu urush natijasiga qarab, boshqa mamlakatlarda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Gurjiston, Moldova va Qozog‘iston - agar Rossiya g‘alaba qozonsa, qat’iy tura olsa va egallangan Ukraina hududlarini qo‘lida saqlab qola olsa, bu ushbu davlatlarning har biriga darhol ta’sir qiladi», dedi Fukuyama. Urush oqibatlari Janubi-Sharqiy Osiyoga ham ta’sir qiladi, dedi u.
«Yaqin vaqtgacha mintaqada deyarli hech kim Xitoy Tayvanga qarshi zo‘ravonlik bilan harakat qilishiga va bu mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatini ag‘darib tashlashga qaror qiladi, degan fikrni qabul qilmagan», deb tushuntirdi Fukuyama.
Xuddi shunday, urush natijasi Qo‘shma Shtatlardagi ichki siyosiy vaziyatga ta’sir qiladi, bu yerda o‘ng qanot siyosiy kuchlar vakillari ko‘proq avtoritar modelga yoki «kuchli qo‘l» deb ataladigan pozitsiyaga moyil bo‘lib, o‘z yetakchisining Putin kabi bo‘lishini afzal ko‘radi, deb davom etdi tadqiqotchi.
«Yevropa aksirganda, butun dunyoning burni oqadi»
Xalqaro inqiroz guruhi prezidenti va bosh direktori Komfort Ero Fukuyamaning fikriga qo‘shilib, urush natijasi, shu jumladan Afrika uchun ham hal qiluvchi bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
«Men G‘arbiy Afrikadagi eng katta davlat bo‘lgan Nigeriyadanman. Bizda Nigeriya aksirganda butun G‘arbiy Afrikaning burni oqadi, deyishadi. Xuddi shu narsani Ukraina va uning Yevropa xavfsizlik arxitekturasiga ta’siri haqida ham aytish mumkin. Bu urush oxir-oqibat nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki Yevropa aksirganda, butun dunyoning burni oqadi», — deya xulosa qildi Ero.
Frensis Fukuyama «Tarixning oxiri va so‘nggi odam» kitobi muallifi sifatida tanilgan, unda u liberal demokratiya dunyoda siyosiy rejim evolyutsiyasining yakuniy shakli bo‘lishini taxmin qiladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025