O‘zbekiston | 18:49 / 12.09.2023
4800
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodan Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 15 sentabrdan Toshkent-Zomin-Buxoro yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Parvozlar haftasiga 5 marta, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviaqatnov jadvali quyidagicha:

- Toshkentdan jo‘nab ketish 9:30, Zominga yetib borish 10:05;

- Zomindan jo‘nab ketish 10:35, Buxoroga yetib borish 12:05;

- Buxorodan jo‘nab ketish 13:05, Zominga yetib borish 14:35;

- Zomindan jo‘nab ketish 15:05, Toshkentga yetib borish 15:40.

Zomin - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 170 ming so‘mdan, Toshkent - Zomin yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 105 ming so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways Toshkent-Zomin-Samarqand yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Mavzuga oid