Kattaqörğon tumani xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasi bölib ötdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov iştirok etdi.

Viloyat hokimligi xabariga köra, Erkin Turdimov tumanda olib borilayotgan işlar, yutuq va kamçiliklarga töxtalib ötdi. Şuningdek, sektor rahbarlari va tuman korxona-taşkilotlari rahbarlariga qator vazifalarni yukladi. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Kattaqörğon tumani hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat olib borayotgan Jamşid Nasriddinov Kattaqörğon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Jamşid Nasriddinov 2020 yilning noyabr oyi oxirlarida tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Undan avval u Samarqand viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlagan.