Jahon | 08:49 / 12.09.2023
6318
2 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya mustaqilligi uchun aksiyaga 100 ming kishi chiqdi

Kataloniya milliy kunida mintaqa aholisi an’anaviy tarzda Ispaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha namoyish o‘tkazdi.

Foto: Pau Barrena/AFP

Barselona markazida «Diada» milliy bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan aksiyada o‘n minglab kataloniyaliklar mintaqa mustaqilligi uchun chaqiriqlar bilan qatnashdi, deb xabar berdi dpa 11 sentabr, dushanba kuni.

Yurishdan keyin namoyishchilar Barselona markazidagi Ispaniya maydoniga to‘plandi. Aksiya tashkilotchilariga ko‘ra, unda 800 ming kishi qatnashgan, politsiya 115 ming ishtirokchi haqida ma’lum qilgan. Baholashda nega bunday bo‘shliq paydo bo‘lgani noma’lum, deya qayd etadi dpa. 

Mamlakat parlamentining taqdiri Kataloniya partiyalariga bog‘liq 

Kataloniya mintaqaviy hukumati rahbari Pere Aragones miting oldidan Ispaniyada yangi hukumatni shakllantirishda mintaqa partiyalarining birdaniga ortib borayotgan roli bo‘yicha imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerakligini aytdi. 11 sentabrda nishonlanadigan Kataloniya milliy kuni an’anaviy tarzda siyosiy harakatlar va mahalliy siyosatchilarning chaqiriqlari bilan birga o‘tadi. 

Bu yil bayram munosabati bilan o‘tkazilgan aksiyalar butun Ispaniyada alohida e’tibor bilan kuzatildi, deya qayd etadi dpa. Kataloniyadagi separatistik partiyalar birdaniga mamlakat parlamenti taqdirida muhim rol o‘ynay boshladi. Kelgusi bir necha hafta ichida hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi Pedro Sanches ko‘pchilik qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lib, mamlakatni boshqarishda davom etadimi yoki yangi saylovlar o‘tkazilishi kerakmi, ko‘p jihatdan ularga va ularning ovozlariga bog‘liq, deb yozadi dpa. 

Mavzuga oid