Toshkentda 18 metrli avtobusning “garmoshka” qismi shikastlandi
Bunga harakat vaqtida avtobusning g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgani sabab bo‘lgan. Quduq qopqog‘i transportning “garmoshka” qismiga texnik shikast yetkazgan.
Tarmoqlarda Toshkentdagi 18 metrli “garmoshka” avtobusining ulangan qismi shikastlangani aks etgan suratlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, voqea 11 sentabr kuni soat 21:35 larda sodir bo‘lgan.
“12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli 131-sonli avtobus Yangihayot tumani, Sergeli 1-mavzesi, Izumrud restorani qarshisida harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Yo‘lning qatnov qismida joylashgan quduqning atrofi cho‘kishi oqibatida chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan. Oqibatda mahkamlangan quduq qopqog‘i avtobusning ulangan tag va o‘rta qismi(garmoshka)ga shikast yetkazgan.
“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa sabab avtobusdagi yo‘lovchilarga zarar yetmagani ma’lum qilindi. Avtobus esa texnik shikastlangan. Hozirda holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avtobuslarning YTHga uchrayotgani yangilik emas. Shu yilning 7 sentabrida ham poytaxtning Bektemir tumanida harakatlanib ketayotgan elektrobus avtomobillarning xalal bergani sabab beton ustunga urilgani, oqibatda uning ichidagi 6 nafar inson jarohatlangani xabar qilingandi.
Avvalroq Kun.uz bu bo‘yicha raqamlarni ham e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, oxirgi 7 oyda Toshkentda “Toshshahartransxizmat”ga qarashli avtobuslar ishtirokida 85 ta yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. Voqeada 98 nafar odam tan jarohat olgan.
Qolaversa, tahririyat shahar ko‘chalarida og‘zi ochiq qolgan quduqlar, uning qopqoqlari nima sabab yo‘qolayotganiga ham e’tibor qaratgan, maqola bilan shu yerda tanishish mumkin.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024