“Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni ta’mirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi. Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni ta’minlashda ochiqlik bo‘ladi, to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi”, – dedi prezident 12 sentabr kungi yig‘ilishda.

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun 2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 milliard so‘m ajratish topshirildi.

“Mening yo‘lim” dasturi – “Tashabbusli budjet” loyihasi kabi “Ochiq budjet” portalida tashkil etiladi. Fuqarolar dasturda yiliga bir marta taklif qoldirish va ovoz to‘plash orqali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratilishiga erishishi mumkin.