Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlari Dushanbeda uchrashadi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avvalgi sammiti 21 iyul kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan edi.
14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Sammitda hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan eng muhimi davlat rahbarlarining yakuniy deklaratsiyasi bo‘ladi.
Avvalroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Dushanbe maslahat uchrashuvi doirasida 12 ta qo‘shimcha tadbir, jumladan, iqtisodiy forum, olimlar forumi, faol ayollar uchrashuvi, madaniy dastur va mintaqadagi besh davlat milliy taomlar ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qilganini bildirgandi.
Shu bilan birga, Dushanbe shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi rejalashtirilgan bo‘lib, uning yakunlari bo‘yicha bir qancha qarorlar imzolanishi kerak.
Bugun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi doirasida mintaqadagi beshta davlat transport vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avvalgi sammiti 2022 yil 21 iyul kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan edi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi 2017 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026