20 sentabrdan boşlab, har çorşanba kuni barça maktab va maktabgaça ta’lim taşkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatiş boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
3-15 yoşdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlaş «Aholiga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida belgilangan.
Qayd qilinişiça, yod rivojlanayotgan organizm uçun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Uning tanqisligi böqoqning rivojlanişi, qalqonsimon bez disfunksiyasi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanişini sekinlaşişi, kretinizm kabi oqibatlarga olib kelişi mumkin.
«Bolalarda yod tanqisligining eng oğir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanişidagi keçikişdir», deyiladi xabarda.
















