Liviya sharqida kuchli suv toshqinlari oqibatida minglab kishilar halok bo‘ldi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, kamida 5,3 ming kishining o‘limi tasdiqlangan.

Barchadan Derna shahri ko‘proq jabr ko‘rgan, bu yerda 6 ming kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab kamida 10 ming kishi bedarak ketgan. Suv toshqini O‘rta Yer dengizi bo‘ylab harakatlanib, Liviya sohillariga yopirilgan «Daniel» bo‘roni oqibatida yuzaga kelgan.

Mamlakat sharqidagi Bing‘ozi shahridan 290 kilometr masofadagi Derna shahrida kuchli yomg‘irlar tufayli ikkita damba buzilib ketgan. 125 ming kishi yashaydigan shaharda turar joy kvartallari vayron bo‘lgan, ko‘chalar ag‘darilib ketgan avtomobillar bilan to‘lgan.

Derna shahar shifoxonasidagilar shahardagi ikki tumanning birida 1700 kishi, boshqasida — 500 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. Ko‘plab mamlakatlar Liviyaga yordam yubormoqda, jumladan qidiruv-qutqaruv mashinalari, qayiqlar, generatorlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetib kelmoqda.

Shtorm Liviya sharqidagi qator shaharlarda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari keltirib chiqargan, Derna shahri hammadan ko‘p zarar ko‘rgan, bu yerda suv to‘g‘onni buzib o‘tgan va butun kvartallarni yuvib ketgan
Foto: Abdullah Mohammed Bonja/Anadolu Agency via Getty Images
Dernaning suv toshqinidan keyingi ko‘rinishi. 
Jamal Alkomaty / AP / Scanpix / LETA
Derna, 2023 yil 11 sentabr
The Press Office of Libyan Prime Minister / AFP / Scanpix / LETA
Derna, 2023 yil 12 sentabr
Ali M. Bomhadi / Reuters / Scanpix / LETA
Derna, 2023 yil 12 sentabr