Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda suv-energetika resurslaridan oqilona foydalaniş uçun keskin, aniq va samarali çoralar köriş zarur, deb hisoblaydi.
Uning sözlariga köra, mintaqa davlatlari suv-energetika resurslaridan foydalaniş töğrisidagi 1998 yilgi bitimni tiklaşi lozim.
«Men Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikiston örtasida 1998 yilda Norin-Sirdaryoning suv-energetika resurslaridan foydalaniş töğrisidagi bitim doirasida hamkorlikni qayta tiklaş va takomillaştiriş böyiça işlarni boşlaşni taklif qilaman, bunda Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikiston örtasida suv-energetika resurslari muvozanatli almaşinuvi nazarda tutiladi», dedi prezident.
Japarov Qirğiziston tomoni oçiq va suv-energetika masalalari böyiça konstruktiv va özaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.
«Şuningdek, Bişkekda Markaziy Osiyo mintaqasida energiya tejamkor va resurs tejovçi texnologiyalarni joriy etiş böyiça mintaqaviy markaz taşkil etişni taklif etaman, bu esa butun mintaqamizda suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanişni ta’minlaydi», dedi Qirğiziston prezidenti.
Sadir Japarov, şuningdek, muzliklarsiz suv ham, suvsiz esa hayot bölmasligini alohida ta’kidladi.
«Qayd etiş joizki, bir davlatdagi suv-energetika muammolari hal etilmagani Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarini suv bilan ta’minlaş masalasida ham öz aksini topişi mumkin. Şu sababli, biz manfaatdor davlatlarni mintaqa suv resurslarining deyarli yarmini taşkil etuvçi mamlakat sifatida Qirğiziston suv xöjaligiga sarmoya jalb qiliş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça kuçlarini birlaştirişni taklif qilamiz. Işonçim komil, bu nafaqat suv-energetika resurslaridan samarali foydalaniş imkonini beradi, balki turli tabiiy ta’sirlarga çidamlilikni oşiradi», dedi Japarov.

















