Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden S5+1 sammitida Markaziy Osiyo yetakchilari bilan «bir qator masalalar»ni muhokama qiladi
Vashington 19-20 sentabr kunlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlarini kutmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida. Bu haqda Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan o‘z brifingida ma’lum qildi, deb yozdi «Kommersant».
Sallivan so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden bilan uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etadi, bu davlatlar rahbarlarining ishtiroki allaqachon diplomatik kanallar orqali tasdiqlangan.
Bayden yordamchisining qo‘shimcha qilishicha, uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikdan tortib savdo va aloqalar, iqlim o‘zgarishi va boshqaruvni yaxshilash va qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlargacha bo‘lgan «bir qator masalalar» muhokama qilinadi. Biroq uchrashuvning aniq sanasi hali belgilanmagan.
Uchrashuvda Rossiyaning G‘arb sanksiyalarini Markaziy Osiyo davlatlari orqali chetlab o‘tishiga qarshi choralar ko‘rilishi masalasi muhokama qilinishi ham ma’lum emas.
Avvalroq, AQSh Davlat departamentining sanksiyalar bo‘yicha koordinatori Jim O’Brayyen Qozog‘istonni G‘arb tomonidan kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tishda Rossiyaga yordam berayotgan beshta davlat (Turkiya, BAA, Gruziya va Armaniston) qatoriga kiritgan edi.
CNN telekanalining aniqlik kiritishicha, AQSh prezidenti Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlari bilan uchrashuv arafasida BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va u yerda «dunyodagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab beradi».
«Markaziy Osiyo – AQSh» sammiti (5+1) 19-20 sentabr kunlariga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026