Davlat maktabgaça va maktab ta’limi taşkilotlarida haftaning har çorşanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy içiriş kuni deb belgilandi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ta’lim taşkilotlari rahbarlari ta’lim maskanlarida bolalarning preparatni içişlari uçun suv va boşqa zarur şaroitlarni yaratadi.
Yod preparatlarini saqlaş va hisobotini yuritiş davlat maktabgaça va maktab ta’limi taşkilotlari hamşirasi yoki mas’ul xodimi tomonidan yuritiladi.
Bolalarda yod tanqisligining mavjudligi ularda quyidagi noxuş holatlarni keltirib çiqarişi mumkin:
- aqliy qobiliyatning buzilişi;
- aql-idrokning pasayişi;
- böqoqning rivojlanişi va qalqonsimon bezning disfunksiyasi;
- bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanişini sekinlaşişi;
- kretinizm, ya’ni qalqonsimon bezning yetarli darajada işlamasligi tufayli bolaning rivojlanişidagi keçikiş.

















