«Surovikinga yuqori darajadagi işonç saqlanib turibdi. Uning taşrifi şarqiy yönalişdagi ehtimoliy tayinlovi bilan boğliq bölişi mumkin», deyiladi «Kommersant» xabarida.

13 sentabr kuni Sergey Surovikinning surati Jazoirdagi masjidlardan birining Facebook sahifasida paydo bölgandi. Xabarda «Yuqori darajali Rossiya delegatsiyasi» masjidga taşrif buyurib imom bilan uçraşgani aytilgan.

Surovikin 23 iyundagi Yevgeniy Prigojin isyonidan keyin körinmay qolgandi. 4 sentabr kuni esa rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçakning kanalida göyoki general Surovikin ekani aytilgan odamning surati e’lon qilindi.

2022 yil 8 oktyabrdan (Qrim köprigi portlatilgan kun) 2023 yil 11 yanvargaça Surovikin Rossiya armiyasining Ukrainadagi birlaşgan qöşinlari qömondoni bölib işlagan, keyin bu lavozimga tayinlangan general Gerasimovga örinbosar bölgandi. 2023 yil may oyida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin genaral Surovikin guruh va Mudofaa vazirligi örtasidagi vositaçi bölişini ma’lum qildi.

2023 yil 23 iyun kuni Prigojin boşçiligidagi vagnerçilar Rossiya Mudofaa vazirligi ularning pozitsiyalarini öqqa tutganini iddao qilib harbiy isyun boşladi. Surovikin vagnerçilarni töxtaşga çaqirib çiqiş qilgan Rossiya harbiy rahbariyatidagi yagona genaral bölgandi. Şundan keyin körinmay qolgan Surovikin haqida turli xil miş-mişlar, xususan, genaral qamoqqa olingani haqida xabarlar