Ukrainada urushning 570-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Polsha Rossiya raqamlariga ega avtomobillarni o‘tkazishni to‘xtatdi. Bu davlat YeIning Rossiya qo‘shnilari orasida shunday chora qo‘llagan so‘nggi davlati bo‘ldi.
- Sevastopolga hujumdan keyin Rossiyaning uchta desant kemasi Qora dengizdan Azov dengiziga o‘tkazilgan.
- Rossiyaning «Samum» raketa kemasi ukrainlar hujumidan keyin shatakka olib ketilayotgani aks etgan foto paydo bo‘ldi.
- Xarkiv shahriga raketa zarbasi oqibatida besh kishi yaralandi. Xarkiv oblasti o‘qqa tutilishi vaqtida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
- Berlinda Anna Netrebko Berlin operasida chiqish qilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi.
- RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Kaluga, Tver va Belgorod oblastlarida dronlarni urib tushirgan.
- Anneksiya qilingan Qrimda ukrainalik tadbirkorlarning milliylashtirilgan mulklarini sotish bo‘yicha birinchi auksionlar bo‘lib o‘tdi.
- Kim Chen In Vladivostokdagi Knevichi aerodromiga tashrif buyurdi. Shoygu unga «Kinjal» va «Kalibr» raketa komplekslarini namoyish etdi.
Kun kadri. Qora dengizda vaqtinchalik g‘alla yo‘lagi
Rossiya Ukraina don mahsulotlarini Qora dengiz orqali olib chiqishni kafolatlovchi «g‘alla kelishuvi»dagi ishtirokini iyul oyi o‘rtalarida to‘xtatgandi. Shundan buyon uch mamlakat yetakchilari va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar kelishuvni tiklashga chaqirib kelmoqda, bu kelishuvsiz butun dunyoda, ayniqsa, Afrika va Yaqin Sharqning qashshoq mamlakatlarida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilib ketishi mumkin.































