Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagoglarga toifa berishning yangi tartibi 2024 yil 1 sentabrdan joriy etiladi
Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘zi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
2023 yilning noyabr oyiga qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;
2024 yil 1 sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
14:39 / 19.03.2026
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yangi tartib asosida toifa oladi
10:40 / 18.03.2026