Özbekistonda joriy yilning ötgan 8 oyi davomida 39 ta holatda ovqatdan guruhli zaharlaniş qayd etilib, ularda 414 nafar fuqaro jabrlangan, jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keyingi paytlarda respublika aholisi örtasida umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, töyxonalar, maktabgaça ta’lim taşkilotlari, şu jumladan, uy şaroitida tayyorlangan, sifatsiz mahsulotlarini iste’mol qiliş bilan boğliq guruhli ovqatdan zaharlaniş va “Botulizm” kasalliklari qayd etilişi ortib bormoqda.
Qayd etilgan ovqatdan zaharlaniş holatlarining kelib çiqişi sabablari tahlil etilganda:
aksariyat umumiy ovqatlaniş obektlari, nodavlat ta’lim muassasalari oşxonalari sanitariya qoida va me’yorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotgani (oşxonalar loyiha böyiça qurilmagan, asosiy va yordamçi sexlar taşkil etilmagan, issiq suv bilan ta’minlanmagan va h.k.);
oşxonalarning jihozlar bilan töliq ta’minlanmagan va mavjudlari esa ma’nan eskirgan yoki nosoz holatda ekani;
taom tayyorlaş uçun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari işlatilişi;
umumiy ovqatlaniş obektlari oşpazlarining köpçiligi soha böyiça öqimagani, ularning taom tayyorlaş texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş, taşiş va realizatsiya qiliş qoidalarini bilmasligi;
aksariyat hollarda “Sanitariya minimumi” öquv kurslarida öqimagan, sanitariya qoida va me’yorlari, epidemiyaga qarşi elementar talablarni bilmaydigan, tibbiy körikdan ötmagan xodimlar işga jalb etilayotgani aniqlangan.
















