Siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Suhrob Böronov Qoraboğ ziddiyatida AQŞ va Fransiyadagi arman lobbilarining ta’siri qay darajada ekani haqida söz yuritdi.

Kamoliddin Rabbimov:

— Fransiyada arman lobbisi judayam kuçli. Çunki 20-asrda közga köringan san’at arboblari, qöşiqçilar va boşqa namoyandalar Fransiya tafakkuriga Armaniston töğrisida juda ham ijobiy signallar bergan. Şarl Aznavurning özi Fransiya madaniyati uçun juda ham katta şaxs bölgan.

AQŞda ham arman lobbisi bor. Lekin globallaşgan dunyoda bir tomonda Turkiya, Ozarboyjon, Markaziy Osiyo manfaatlari turibdi. Kavkaz mintaqasida Ozarboyjon sönggi 30 yilda Rossiyaga yaqinlaşmagan va Ğarbga talpingan davlat bölsa-da, bu yaqinlaşiş NATOga yoki YeIga kirişga uriniş bölmagan. Asosan iqtisodiy va geosiyosiy maqsadlar közlangan. Deylik, Ozarboyjon Isroil bilan juda yaqin aloqalarda, Isroil uruşda ham töliq qöllab-quvvatladi. Bundan taşqari, avtoritar davlat bölsa-da, AQŞ bilan munosabatlari yaxşi va uzoq yillik. Içki siyosatida ma’lum bir ziddiyatlar mavjud bölsa ham, Kavkazdagi Ğarbga yönaliş olgan davlat hisoblanadi.

Suhrob Böronov:

— Mintaqadagi vaziyat keskinlaşib ketadigan bölsa, Armaniston oldida ikkita tanlov qoladi. Birinçisi: AQŞdagi lobbilarini işga soliş, çunki ançagina katta ta’sirga ega ular. Bu holatda yahudiy lobbisi va arman lobbisi örtasida kuraş bölişi mumkin, buni ham e’tiborga oliş kerak.

Ikkinçisi esa Eron tanlovi böladi. Bu ikki tanlov bir-biridan ança uzoq. Menimça, Eron tanlovi qiyin masala. Hozir Armanistonning Ğarb bilan aloqalari köproq. Lekin Eron Armaniston roziligisiz ham bu hududga öz ta’sirini körsatişi mumkin.