Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Uçraşuvda Özbekiston bilan Jahon banki örtasidagi keng kölamli hamkorlikni kengaytirişning asosiy jihatlari körib çiqildi. Xususiylaştiriş va samarali davlat boşqaruvi sohalarida bankning ekspertlik va texnik kömagini kengaytiriş, karbonsizlaştiriş, muqobil energetika, infratuzilma va kommunikatsiyalar, suv ta’minoti böyiça loyihalarni moliyalaştiriş va ularga xususiy investitsiyalar, şu jumladan davlat-xususiy şeriklik asosida jalb qiliş kabi strategik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Bankning dunyo biznesi yetakçi vakillaridan iborat Maslahat kengaşi Özbekistonga töğridan-töğri investitsiyalar oqimini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqişda iştirok etişi töğrisida kelişuvga erişildi.

Şu bilan birga, Şavkat Mirziyoyev Nyu-York şahrida ötayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri vazifasini bajaruvçi Anvar ul-Haq Kakar bilan uçraşdi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Muzokaralarda Özbekiston-Pokiston strategik şeriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida tovar ayirboşlaşni oşiriş uçun qulay şaroitlarni yaratiş işlarini davom ettiriş muhimligini ta’kidladi.

Ikki mamlakat hududlari örtasida samarali hamkorlikni kengaytiriş va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjudligi körsatib ötildi. Töqimaçilik, farmatsevtika, elektrotexnika va turizm sohalarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari ham körib çiqildi.