Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda BMT Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochiladi
Bu boshqarmaning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida BMT bosh kotibining o‘rinbosari, loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Jorji Moreyra da Silva bilan uchrashdi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi (LXB) ijrochi direktori Jorji Moreyra da Silva bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston hukumati va BMT o‘rtasida Toshkent shahrida Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi vakolatxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Bu boshqarmaning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi va aloqalarni boyitishga, ayniqsa, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
11:07 / 10.07.2026