Yangi iPhone sotib olish uchun O‘zbekistonda necha kun ishlash kerakligi hisoblandi
O‘zbekistonliklar bunga qaryib 6 oy sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Foto: AP
O‘zbekistonda yangi iPhone 15 Pro (128 Gb) sotib olish uchun o‘rtacha 123 kun ishlash kerak bo‘ladi. Kaktus.media tahririyati ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldi.
Nashrning ta’kidlashicha, bunda ishlab topilgan pullar faqat yangi iPhone uchun jamg‘arilishi kerakligi nazarda tutilgan. Ya’ni, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘ngilochar va kommunal xizmatlarga umuman sarflamaslik lozim.
Markaziy Osiyo mamlakatlari taqqoslab ko‘rilsa, Tojikiston aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfoni uchun eng ko‘p – 144 kun ishlashiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston aholisi esa eng kam – 70 kun. Qirg‘iziston aholisi 90 kun mehnat qiladi.
Nashrning qayd qilishicha, bunday ko‘rsatkichlarni hisoblab ko‘rish uchun iPhone 15 Pro (128 Gb) smarftoniga oldindan buyurtma berishning o‘rtacha narxlari olingan. Keyin har bir mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi miqdori 21 ga, ya’ni 1 oydagi ish kunlarining umumiy soniga bo‘lingan. Manba sifatida statistik qo‘mitalar va mahalliy Apple qurilmalari dilerlari ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Avvalroq, Rossiyaning Picodi nashri tahlilchilari iPhone 15 Pro smartfonini sotib olish uchun turkiyaliklar eng ko‘p - 124 kun ishlashi lozim ekanini aniqlagan edi. Qayd qilinishicha, Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoshini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yanada kichikroq: yangi iPhone 15 Pro sotib olish uchun yaponiyaliklar 13 kun, germaniyaliklar 10 kun, singapurliklar va avstraliyaliklar 7 kun sarflaydi. AQSh aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun 6 kun mehnat qiladigan bo‘lsa, Shveytsariya aholisi atigi 5 kun ishlashi kifoya.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025