Joriy yil 22 sentabr kuni Belgiyaning Bryugge şahridagi Yevropa kollejida Markaziy Osiyo davlatlari elçilari Yevropaning yetakçi diplomatiya akademiyasi rektori, Yevropa Ittifoqining 2014-2019 yillardagi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça sobiq oliy vakili Federika Mogerini hamda Diplomatiya akademiyasi tinglovçilari bilan uçraşdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Federika Mogerinining qayd etilişiça, sönggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi munosabatlarda muhim bosqiçlar keçdi, endi ular sifat jihatidan yangi poğonaga kötarildi.
«Ikki tomonlama aloqalar tobora kengayib bormoqda, davlat rahbarlarining köp tomonlama uçraşuvlari bölib ötmoqda, kelgusi yili Özbekistonda birinçi Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi sammiti bölib ötişi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi savdo va iqtisodiyot, barqaror rivojlaniş, xavfsizlik va atrof-muhit, islohotlarni amalga oşiriş, inson huquqlari va yaxşi boşqaruvni mustahkamlaş, şuningdek, mintaqaviy hamkorlik va özaro boğliqlik sohalarida bir-birlari uçun qimmatli şeriklardir», dedi u.
Yevropa komissiyasi 2024 yil boşida Bryusselda bölib ötadigan investitsiya forumiga hozirlik körayotgani va barqaror transport kommunikatsiyalarini, xususan, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan boğlaydigan va mintaqa mamlakatlariga taşqi bozorlarga qöşimça kiriş imkonini beruvçi Trans-Kaspiy yölagini rivojlantiriş uçun moliyalaştirişga e’tibor qaratilişi, şuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlikning eng yuqori darajasiga kötarilgani qayd etildi.













