Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati beriladi
Shuningdek, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda, ular lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turadi.

Foto: Kun.uz
Parlamentga «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritildi.
Hujjat loyihasi bilan qonunchilikka qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish, Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oliy Majlisning qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, qonunni u Senatga kelib tushgan kundan e’tiboran 60 kun ichida ko‘rib chiqish va boshqalar nazarda tutilmoqda.
Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tugatish taklif etilmoqda.
Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:
- davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
- prezident taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
- bosh vazir, hukumat a’zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini eshitish.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartiriladi. Bunda:
- spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda;
- fraksiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra spiker o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda.
Qonunchilik palatasi va Senatning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o‘tkaziladi, Senatning yangi tarkibi 1 oy mobaynida shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025