Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Yojyef Roja bu lavozimga tayinlandi.
Yojyef Roja Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
«Yojyef Roja janoblarini Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaymiz. Bugun Tashqi ishlar vazirligida Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib shchtamiz, bundan oldin Dyula Kovach Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlagan edi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026