Tabiat hodisalari, jumladan, vayronkor tayfunlar Yaponiya tarixining bir qismiga aylangan. Ularning ayrimlari şunçalik dahşatli bölganki, soatlar içida minglab odamlarni halok qilgan. Şulardan biri 1959 yilning 26-27 sentabr kunlari sodir bölgan Vera tayfuni edi.
Tayfunning boşlanişi
Vera tayfunining kelib çiqişi 20 sentabr kuni ob-havo tahlilida kuzatilgan. Öşanda tayfundan ogohlantiriş markazi (JTWC) boşlangan töfonni tropik siklon deb tasniflamagan. Ammo Yaponiya meteorologiya agentligi tabiatning öşa kungi “bezovtaligini” tropik depressiya deb belgilagan.
Dovul dastlab ğarbga köçadi, lekin 21 sentabrda vaqtinça şimoliy yönalişga ötdi. Öşa kuni keçqurun JTWC tomonidan töfonni tahlil qiliş uçun yuborilgan razvedka samolyoti dvigateli işlamay qolgani sababli manzilga yetib bormaydi. Biroq böron böyiça töplangan ma’lumotlar ogohlantiriş markazining öşa kuni depressiyani tropik böron sifatida tasniflaşi uçun yetarli edi. Qayta tasniflaş natijasida JTWC tropik böronni Vera deb ataydi. Bu vaqtda tropik siklon ğarbiy yönalişda harakatlana boşlagandi.
22 sentabr kuni böron tomonga uçirilgan razvedka parvozlari Vera tez kuçayib borayotganini körsatadi. Öşa kuni soat 18:00 dagi ma’lumotlar tahlilidan körinadiki, tropik siklon tayfunga aylanib ulgurgandi.
Vera tayfunining kengligi 250 kmga yetadi. Tayfun şamollari kuçayişda davom etadi va 23 sentabr kuni soat 12:00da yuqori çöqqiga çiqadi: öşanda razvedka samolyotlari 305 km/soat şamol tezligi haqida xabar bergan.
Töfon 24 sentabrda şimoli-ğarbiy yönalişda harakat qiladi. Söngra asta-sekin şimolga, Yaponiya tomonga tezlaşa boşladi. 26 sentabr kuni soat 9:00 da Vera Xonsyu hududiga birinçi ta’sirini ötkazadi. Öşa paytda tayfun şamolining tezligi 260 km/soat bölgan.
Vera yetkazgan zarar
Vera tayfuni oqibatida 5 mingdan ortiq kişi halok bölgan, 15 ming kişi jarohatlangan hamda 400 ming kişi boşpanasiz qolgandi.
Xonsyu hududi qirğoqlarida kötarilgan töfon toşqindan himoya tizimlarini vayron qilgan, kemalarni çöktirgan, uylarni oqizib ketgandi. Zarar öşa paytda 600 mln dollarga (hozirgi 6 mlrd dollardan oşiq) yetgani aytiladi.
Tayfun Nagoyadan Tokiogaça bölgan qirğoq böylab urilgan. Birinçi zarbani Yokogama va Tokio “qabul qilib” oladi: tölqinlar katta tezlikda şahar köçalarini yorib ötgan. Söngra dovul markaziy Xonsyu hududi orqali quruqlikka köçgan. Keyin esa Toyama, Yamagata, Akita va Niigata hududlarida vayronagarçilikka sabab bölgan.

















