Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantiradi
Ro‘yxat Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalariga taqdim etiladi.
“Voyaga yetmagan shaxslarga otaliqqa olayotgan mutasaddilarni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan yoki jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantiradi hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalariga taqdim etadi.
Belgilanishicha:
voyaga yetmagan shaxslarni otaliqqa olish huquq-tartibot idoralarining, barcha darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va o‘rinbosarlari, hokimliklar, ta’lim muassasasi direktorlari va mahalla raislari tomonidan amalga oshiriladi;
voyaga yetmagan shaxslarni otaliqqa olgan mutasaddilar har olti oyda bir marta tuman (shahar) hokimlariga amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot beradi;
otaliqqa olayotgan mutasaddilarni tayinlash bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) milliy komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishi asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026