Iroqda to‘yda yuz bergan yong‘in oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Jarohat olganlar soni 500 nafarga yetdi.

Foto: Khalid Al-Mousily / Reuters / Scanpix / LETA
Iroq shimolidagi Naynava viloyatida to‘y vaqtida chiqqan yong‘in oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘lib, yana 150 kishi jarohat olgan. Fojia Bahdid shahrida (Hamdaniya yoki Karakosh sifatida ham tanilgan) shahrida ro‘y bergan.
Reuters agentligi mahalliy nashrlarga asoslanib xabar berishicha, yong‘in to‘yxonaning tadbirlar o‘tkaziladigan qismida mushakbozlikdan keyin shift alanga olishi bilan ro‘y bergan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘yxonaga kelganlar olov qamragan zalda qamalib qolishgan va ularning faqat bir qismigina ko‘chaga chiqa olishgan. Yong‘in boshlanganidan ko‘p o‘tmay bino shifti bosib tushgan.
Mahalliy rasmiylar xarobalarni tozalash ishlari yakunlariga ko‘ra qurbonlar soni yanada ortishi mumkinligini istisno etishmayapti. Yong‘in ro‘y berganida bino ichida 800 ga yaqin kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Naynava gubernatori o‘rinbosari Hasan al-Allaq Reuters agentligiga bergan izohida 113 kishining o‘limini tasdiqlagan.
Shifokorlar kelin va kuyov ham qurbonlar orasida ekanini aytishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y o‘tkazilgan bino oson alanga oluvchi arzon materiallardan qurilgan va bu olov tezda tarqalib, konstruksiyalar qulashiga sharoit yaratgan.
Associated Press agentligi aniqlik kiritishicha, Hamdaniyada asosan xristianlar yashaydi va yong‘in shu jamoa a’zolarining to‘yi vaqtida ro‘y bergan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Iroq ichki ishlar vaziri Abdulamir Shammari mintaqaga kelishi kutilmoqda.
Jabrlanganlar butun provinsiya bo‘ylab joylashgan shifoxonalarga olib borilgan.
Ulardan eng yirigi, region markazi Mo‘suldan sharqda joylashgan shifoxona oldida seshanba oqshomida jabrlanganlar uchun qon topshirishga kelgan yuzlab kishilar to‘plangan.
Iroq ichki ishlar vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy Twitter sahifasida uning farmoyishi bilan mamlakat va region hukumati barcha kuchlarni jabrlanganlar va qurbonlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun safarbar qilgani haqida yozgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:10
-
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
-
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi
Jamiyat | 19:00
-
Deportatsiya qilinganlarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

19:32 / 11.05.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

21:08 / 09.05.2025