Madaniy meros obektlariga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanishi mumkin
Bunday hududlarga bir martalik plastik mahsulotlar olib kirish, sotish va ishlab chiqarish BHM (hozirda 330 ming so‘m) 2 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Buni ko‘p miqdorda sodir etish fuqarolarga BHMning 25 baravarigacha (8,25 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanishi mumkin.
Muhokama uchun e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, plastik mahsulotlar (tabiiy organik polimer mahsulotlar bundan mustasno) sirasiga stakanlar, naychalar, muzqaymoq tayoqchalari, paxta tayoqchalari, qadoqlash plyonkasi va ayrim turdagi polietilen paketlari kiradi.
Bu tartibni buzganlik uchun quyidagi javobgarliklar joriy etiladi:
bunday hududlarga bir martalik plastik mahsulotlar olib kirish, sotish va ishlab chiqarish bazaviy hisoblash miqdorining (BHM, u hozirda 330 ming so‘m) 2 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha;
xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdordagi qiymatda sodir etish fuqarolarga — BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravaridan 20 baravarigacha;
xuddi shunday huquqbuzarlik ko‘p miqdordagi qiymatda sodir etish — fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni markazlashtirilgan oqova suv tizimiga ulash yoki muqobil tozalash uskunalari bilan jihozlash majburiyatini kiritish ham reja qilinmoqda.
Ushbu majburiyatni bajarmagan jismoniy shaxslarga nisbatan BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha, yuridik shaxslarga nisbatan — BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Yevrokengash prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:17
-
Rossiyada migrant bolalar uchun rus tili imtihoni shartlari kuchaytirildi
Jahon | 21:14
-
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
Jahon | 21:10
-
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi
Jahon | 21:06
Mavzuga oid

16:56 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada olti yoshli bola sayyorani qutqarish uchun 2,5 mingta plastik yig‘di

20:18 / 24.01.2025
Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosini targ‘ib qiladi

12:29 / 05.12.2024
YuNESKO nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatini kengaytirdi

08:31 / 02.12.2024