Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz floti qo‘mondoni ishtirokidagi videoni namoyish qildi
Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari tomonidan bir kun oldin o‘limi haqida xabar berilgan admiral Viktor Sokolov Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasining masofaviy yig‘ilishining videotasvirida ko‘rsatilgan.
26 sentabr, seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiy departamenti hay’ati yig‘ilishidan olingan videoni tarqatdi, unda Qora dengiz floti qo‘mondoni, admiral Viktor Sokolov tadbirda ishtirok etgani tasvirlangan. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning kirish so‘zi uchinchi daqiqasida yuqori martabali zobit kadrda paydo bo‘lgan. Avvalroq Ukraina Maxsus operatsiyalar kuchlari Sokolov yo‘q qilinganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli savolni Mudofaa vazirligiga yo‘llash kerakligini aytib, admiralning o‘limi haqidagi xabarlarga izoh bermadi. «Mudofaa vazirligidan hech qanday ma’lumot yo‘q edi - bu faqat ularning vakolati va bu yerda aytadigan gapimiz yo‘q», dedi u «Interfaks» agentligiga.
Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari bayonoti
25 sentabr kuni Ukraina maxsus kuchlari matbuot markazi egallab olingan Sevastopoldagi Qora dengiz floti shtabi binosiga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan 34 nafar rossiyalik zobit orasida admiral Viktor Sokolov ham borligini ma’lum qildi. Yana 105 nafar rossiyalik harbiy jarohat olgan. Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari matbuot markazi o‘z so‘zlari uchun hech qanday dalil keltirmadi.
26 sentabr, seshanba kuni Sokolov ishtirokidagi video ommaga e’lon qilinganidan so‘ng, maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonligi Facebook’da tushuntirish e’lon qildi. Unda, xususan, Rossiya Qora dengiz floti shtabiga raketa hujumi natijasida 34 zobit halok bo‘lgani aytiladi.
«Mavjud manbalarning ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar orasida Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni ham bor. Ko‘pchilikning shaxsi jasad bo‘laklari tarqalib ketgani sababli hali ham aniqlanmagan. Rossiyaliklar zudlik bilan Sokolovning go‘yoki tirikligi haqidagi javobni e’lon qilishga majbur bo‘lgani sababli, bizning bo‘linmalar ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda. Bu operatsiya natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish tartib-qoidalari doirasida sodir bo‘lmoqda», — deyiladi Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari xabarida.
Mavzuga oid
18:08
Rossiya Davlat Dumasi hukumatdan migratsiya parametrlarini belgilashni so‘radi
17:29
Rossiyaning yana bir hududida migrantlar mehnatiga cheklov o‘rnatildi
09:31
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
21:50 / 17.11.2024