08:27 / 27.09.2023
3435

Xo‘jandda O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

Tojikistonning Xo‘jand shahrida Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi, deb xabar beradi «Dunyo».

19-25 sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgani aytiladi.

Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

Top