2022 yil 24 fevrali tongida Rossiya qöşini yaşin tezligida Qrim bilan boğlovçi böyinni bosib ötişadi va Ukrainaning materik qismida harakatlana boşlaşadi. Yarim kun içida rossiyaliklar 200 kilometrdan ortiq masofada içkari kirişadi va Xersonga olib ötuvçi Antonov köprigiga yetib kelişadi. Bir neça kun ötib hajmi Şveytsariyanikidan kattaroq hududlar egallab olinadi.
Şundan buyon ukrain jamoatçiligi nega bunday bölgani haqidagi savollarni bot-bot berib kelmoqda. Nima uçun Qrim bilan boğlovçi hududdagi köpriklar portlatilmagan, nima uçun mudofaa tegişli tartibda taşkil etilmagan va nega bu yönaliş qöşimça kuçlar bilan kuçaytirilmagan?
Huquq-tartibot organlari esa öz suriştiruv işlarini olib bormoqda. BBC tor siyosiy doiralarda «Zalujniy işi» deb ataluvçi uşbu iş tafsilotlarini aniqlaşga harakat qilib kördi.
Janub qanday bosib olingandi?
Çönğar böğozi va Qrim yarimorolini materik qismi bilan boğlovçi tor böyin, mudofaa yaxşi taşkil etilgan holatda, amalda yengib ötib bölmas tösiq deb hisoblanardi. Ammo barçasi butkul boşqaça rivojlandi.
Çönğardagi köpriklar portlatilmadi, Xerson oblasti içkarisi tomon tezkorlik bilan harakatlangan Rossiya qöşini son jihatdan va texnikalar böyiça ustunlik qilgani tufayli ukrain harbiylari çekinişga majbur böladi.

Oradan bir yarim yil ötdi, Ukraina Xerson şahrini qaytarib oldi, jamoatçilikda esa hamon «janubni kim topşirgani» masalasida muhokamalar davom etmoqda. Kimdir Qrim böynidagi köpriklar portlamaganiga bosqin arafasida xoinlar u yerdagi portlovçi moddalarni zararsizlantirganini sabab sifatida keltirsa, boşqalar rossiyaliklarning diversiya guruhi simlarni kesib taşlagani portlaşlar röy berişiga imkon bermaganini aytadi. Şuningdek, xizmatga loqaydlik bilan qaraş versiyasi ham bor — unga köra, heç kim heç narsaga tayyorlanmagan va heç qayerni minalaştirmagan.
Bu masalada hukumat rasmiylari ham tez-tez izoh berib turibdi. Ammo bunda fikrlar ikkiga bölingan. Mudofaa vazirligi va Boş ştab kerakli joylar minalaştirilgani, ammo ukrain harbiylari son jihatdan ön barobar ustun qöşinga qarşi turişiga töğri kelganini iddao qiladi. Bu holatda köpriklar portlatilişi vaziyatga sezilarli ta’sir körsatmasdi, degan fikrda harbiy qömondonlikning ayrim vakillari.
«Barça yöqolib qolgan, köpriklar portlatilmagan» deb baqirayotganlarning barçasi, birinçi navbatda, harbiylarga quloq soling. Va ular sizga aytişadi, u yerda Qrimdan köpriklar orqali emas, quruqlik orqali ötiş mumkin bölgan yana önta yöl bölgan. Va şuning uçun köpriklar portlatilişi rossiyaliklarning bu yönalişda oldinga yurişiga ta’sir körsata olmasdi. Buni hozirda siyosiy muxolifatda bölgan harbiy generallardan biri aytgan, men birinçi bölib undan eşitganman», — degandi sobiq mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov.
Keng kölamli bosqin boşlangan vaqtda Ukrainaning «Janub» qöşinlar guruhiga qömondonlik qilgan va şu uçastka uçun javobgar bölgan general-mayor Andriy Sokolov esa yaqinda «Ukrainskaya pravda» uçun bergan intervyusida rossiyaliklarning tezlik bilan oldinga yurişiga ular ukrainlardan 20-25 marta köp bölgani sabab bölganini aytgan.
Rossiya artilleriyasi minalangan dalalarga zarba bergan, rossiyaliklar radioaloqani öçirib qöyişgan, mexanizatsiyalaşgan kolonnalar esa Qrimdan çegara orqali yaşin tezligida ötib kelgan. Sokolovning sözlariga köra, rossiyaliklar Qrimdan bostirib kelgan mahalda mamlakat janubida bölgan kuç va vositalar yurişni töxtatiş va Ukrainaning materik qismidagi hududlar işğol etilişiga yöl qöymaslik uçun şunçaki yetarli emasdi.
«Bizga qarşi 22-armiya korpusi töliq tarkibda, yaxşi tayyorgarlikka ega 58-Şimoliy Kavkaz armiyasi va 7-desant-şturm diviziyasining yarmi harakat qildi. Bu juda köp. Ularda artilleriya va boşqa barça vositalar mavjud edi. Qolaversa, havo qismlari — taxminan 140 samolyot, 60 vertolyot va Qora dengiz flotining kemalari», — degandi general.
Sokolov şuningdek portlatilişi mumkin bölgan köpriklar Çönğarda joylaşganiga e’tibor qaratgan. Ammo Armyansk va Perekopsk orqali Çaplinka yoki Kalançakka ötişda köpriklar yöq edi va bu yerda Rossiya armiyasi uçun Xerson va Nova Kaxovka yönalişida quruqlik orqali ötiş yöli mavjud edi.
«Qrim şuning uçun ham yarimorol deb ataladi, u materik qismi bilan köpriklarsiz ham quruqlik orqali boğlamlarga ega», — degan general.
Naşr muxbirlari bilan suhbatlaşgan harbiylar tasdiqlaşiça, öşanda bu hududda bölgan kuç va vositalarda rossiyaliklarning Janubga yurişini töxtatiş uçun heç qanday imkon yöq edi.
«Uruşga tayyorlaniş, brigadalar sonini köpaytiriş, hududiy mudofaa kuçlarini öz vaqtida tayyorlaş va şuğullantiriş, harbiy-sanoat kompleksini rivojlantiriş, armiyani qurollantiriş kerak edi», — deydi BBC bilan suhbatda Boş ştab vakili.

Volodimir Zelenskiy va uning jamoasi vakillari esa bu masalaga ança tanqidiy yondaşib, tergov ötkaziş va aybdorlarni aniqlaş zarurligini ta’kidlamoqda.
«Siz bilan biz tuşunamizki, agar qaysidir şaharça yoki şahardan ketilsa, hamma ketadi. Kimdir qolsa — u asir tuşadi yoki halok böladi. Taşlab çiqqanlarni esa tekşiriş kerak, kim çiqqan va kim qanday buyruq olganini. Ular sotqinlarmi yoki buyruq bölganmi?», — deya bu vaziyatga izoh bergandi mamlakat prezidenti şu yil yanvarida jurnalistlar qarşisida. U şuning uçun jinoiy iş oçilgani va aybdorlar aniqlanişini qöşimça qilgandi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov rossiyaliklar nima uçun Qrimdan Xerson oblastiga bu qadar tez harakatlangani böyiça yakuniy javob hozirça yöqligini bildirgan — barça umid tergovdan. Ukraina razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov esa agar ukrain qöşini Çönğardagi ötiş yöllarini portlatganida uruş butunlay boşqaça keçgan bölişiga işonçi komil: «Agar ötiş yöllari portlatilgan bölganida va ilk soatlar biroz boşqaçaroq rivojlanganida, Rossiya armiyasi bunday tezlikda harakatlana olmagan bölardi. Bu aksioma».
Rada deputatlari hatto uşbu masala böyiça Boş qömondon Valeriy Zalujniyni tegişli qömitaga çaqirtirişgan. Bu uçraşuv iştirokçilari aytişiça, general barça sa’y-harakatlarni uruşga va ğalabani yaqinlaştirişga çaqirgan, çunki Janub okkupatsiyasi tarixida «barçaning öz haqiqati böladi».
Ammo parlamentdagilar bu suriştiruv bugungi kunda ham muhim bölib ulgurganini aytişadi. «Buning uçun kimdir javob bermoği lozim. Biz axir Janub bu qadar tez bosib olinişi şunçaki röy bermaganini bilamiz. Demak, u yerda qandaydir kamçiliklar bölgan. Bu yönalişda mudofaa uçun mas’ul bölgan aniq odamlar bor edi», — degan BBC bilan suhbatda milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari böyiça qömita kotibi Roman Kostenko. Uning özi ham Rossiya bosqini boşlangan mahalda Mikolayiv şahri va uning atrofidagi aholi yaşaş manzillari mudofaasida bevosita iştirok etgan.
Harbiylardan aynan nimalarni söraş kerakligi borasida Kostenkoning işonçi komil: ularga qanday buyruqlar berilgan, ularda bosqin haqida ma’lumot bölganmi, qanday vazifalar qöyilgan va bu vazifalar qançalik bajarilgan
«Tergov aniqlab berişi kerak bölgan savollar köp», — degan deputat.
Tergov boşlanişi
Xerson oblastida yetarli darajada himoyalanmagani va bu uning tezda okkupatsiya qilinişiga olib kelgani böyiça iş Davlat tergov byurosi tomonidan uruşning ikkinçi oyidayoq — 2022 yil 11 aprelida oçilgandi. Ötgan vaqt içida suriştiruv işlari böyiça ma’lumotlar juda kam.
2023 yil martida byuro BBC Ukraina xizmati söroviga javoban iş Jinoyat kodeksining 111-moddasi 1-qismi va 425-moddaning 3-qismi bilan tergov qilinayotgani haqida ma’lum qilgan — bu davlatga xiyonat va harbiy xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda böliş töğrisidagi moddalar.
Bunda gap Rossiyaning Ukrainaning materik qismi içkarisiga kirib borişiga tösqinlik qiliş uçun köpriklar va töğonlarni minalaştirişni notöğri taşkil etiş haqida boradi.
«Bu öz navbatida Xerson va Zaporijjya oblastlari hududlarini vaqtinça okkupatsiya qiliş, ukrain himoyaçilari va tinç aholi vakillarining ölimi, duşman tomonidan uşbu regionlar infratuzilmasi yöq qilinişi bilan boğliq oğir oqibatlarga olib kelgan», — degan BBC suhbatdoşi.
Dastavval «Janubning taslim qilinişi»ni maxsus xizmatdagi xoinlar — Ukraina xavfsizlik xizmatining Qrimdagi boş boşqarmasi sobiq boşliği Oleg Kuliniç (göyoki aynan u qöşinlar dislokatsiyasi va mahalliy infratuzilmalar haqidagi barça ma’lumotlarni rossiyaliklarga bergani aytilgandi), şuningdek UXXning
Xerson oblastidagi boşqarmasi sobiq boşliği Sergey Krivoruçko bilan boğlagandi.
Oleg Kuliniçni 2022 yil iyulida Kiyevda uşlaşadi. Tergovçilar uning Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorligiga oid faktlar aniqlanganini aytişgandi.
U jinoiy taşkilot tuziş, davlatga xiyonat qiliş, dezertirlik (bosqin boşida Xersondan Kiyevga qoçib keliş), quroldan noqonuniy foydalaniş, şuningdek Rossiyaga davlat sirlari hisoblanuvçi ma’lumotlarni yetkazişda gumonlangan. Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi uşlanişi bilan darhol hibsga olingan va tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Uning ustidan sud jarayoni 17 oktyabr kuni boşlanadi.

Sergey Krivoruçko 2022 yilda general unvonidan mahrum etilgan, lekin, OAV ma’lumotiga köra, haligaça unga nisbatan jinoiy iş oçilmagan.
Ukraina XX sobiq rahbari Ivan Bakanovning qöli ostidagi mulozimlarning ismi-şarifi «Janubni taslim qiliş» va Xersondagi köpriklar minalarsiz qolişi konteksti yöq joydan paydo böladi — bu haqda hukumat vakillari öz izohlarida ayta boşlaşadi. UXXning yangi raisi Vasiliy Malyuk ham bu aloqadorlik haqida gapiradi.
2022 yil dekabrida «1+1» telekanaliga bergan intervyusida u Kuliniç bir paytlar Janubda aksilterror maşğulotlar ötkazgani va buni aksilterror markaz rahbariyati bilan kelişmagani haqida aytgan. Va bu maşğulotlar Rossiyaning bosqinga tayyorgarligi bilan boğliq bölişi mumkinligiga işora qilgan.
Ammo BBC suriştiruvida aniqlanişiça, Oleg Kuliniç Ukraina xavfsizlik xizmatining boşqa xodimlari kabi Janub okkupatsiya böyiça iş figuranti emas. Ma’lum bölişiça, bu işga faqatgina Ukraina qurolli kuçlari harbiylari jalb etilgan.
Işda kimlar figurant bölişi mumkin?
BBC ma’lumotiga köra, bu iş böyiça hali heç kimga ayblov e’lon qilinmagan, ammo katta ehtimol bilan bu yaqin vaqtlar içida röy berişi mumkin. Iş bir yarim yildan buyon tergov qilinmoqda, hozirgaça guvohlar söroq qilinmoqda. Va bu oddiy keçayotgani yöq.
Işonçli manbalardan ma’lum bölişiça, tergovçilar generallar va harbiy qömondonlik vakillaridan iborat butun bir röyxatni söroq qilişgan. Ular orasida — mudofaa kuçlari qömondoni Sergey Nayev, «Janub» qöşinlar guruhining sobiq qömondonlari, xususan generallar Andriy Kovalçuk va Andriy Sokolov, şuningdek, bu guruh tarkibiga kirgan boşqa harbiy tuzilmalar komandirlari bor.

Bu borada Boş ştabning sobiq boşliği general Viktor Mujyenko ham körsatma bergan. U 2022 yil 24 fevral tongida oliy harbiy qömondonlikka qöşilgan va ştabda qarorlar qabul qilişga kömaklaşgan.
«Şu yil [2022] 20 fevralida men söroq berayotgandim. Bungaça söroqda bir yil davomida pauza bölgandi... Qurolli kuçlardan birinçi bölim çaqirilganim meni juda hayron qoldirdi. Menga berilgan savollardan biri bu masalada ma’lum reja mavjud bölganmi va nima uçun bunday bölib çiqdi, degan ma’noda edi. Rejalar bölgan. Nima bölganini esa örganiş kerak», — deya bu vaziyatni izohlagan general şu yil martida «Faktlar» naşriga bergan intervyusida.
Ma’lumotlarga köra, Boş ştabning yana bir sobiq boşliği, general Ruslan Xomçakni ham söroq qilişgan. Xersonning sobiq rahbarlari, jumladan 2021 yil oktyabridan 2022 yil iyuligaça Xerson oblasti harbiy ma’muriyati boşliği bölgan, 2023 yil 16 sentabr kuni Kiyevda jonsiz topilgan Gennadiy Laguta ham körsatma bergan.
Şuningdek, qator manbalar tasdiqlaşiça, bu iş böyiça tergov doirasida tergovçilar Valeriy Zalujniy bilan ham suhbatlaşiş uçun kelişgan. BBC ma’lumotiga köra, boş qömondon hozirça bu iş böyiça protsessual statusga ega emas va sörovga rasmiy çaqiruv ham bölmagan. Ammo vaqt ötib bunday status paydo bölişi istisno etilmaydi. Voqealarning bunday rivoji ehtimolini hisobga olgan holda tor siyosiy doiralarda Janub okkupatsiyasi haqidagi işni allaqaçon «Zalujniy işi» deb atay boşlaşgan.
BBC Zalujniyning bu tergovga aloqadorligi böyiça aniqlik kiritiş uçun Davlat tergov byurosiga sörov yuborgan, ammo u yerdagilar ma’lumot taqdim etişni rad qilişgan. Vakillari uşbu jarayonda qöşma tergov guruhida iştirok etayotgan UXX ham ma’lumot berişdan boş tortgan. Maxsus xizmatdagilar bu işda asosiy tergov organi DTB ekani, şuning uçun barça savollar — byuroga berilişi kerakligini ta’kidlaşgan.
Şuningdek, tergovçilar bosqin boşlanganida Janubni mudofaa qiliş bilan şuğullangan 59-alohida motoöqçilar brigadasi sobiq komandiri, polkovnik Oleksandr Vinogradovni söroq qilişgan. Bu iş doirasida jami ellikdan oşiq kişi guvohlik bergan.
Biroq, tergovçilar öşa voqealarning asosiy iştirokçilaridan biri, 24 fevral kuni Qrim bilan çegarada xizmatda bölgan şaxsga, u 2023 yil iyulida «Ukrainskaya pravda» naşriga öşa voqealar haqida intervyu bermaguniça, umuman tegişmagan. Harbiy Ivan Sestrivatovskiy Çönğardagi köpriklarni portlatişi kerak bölgani, ammo negadir bu iş öxşamay qolganini gapirgan. Va uşbu dengiz piyodasi şu vaqtga qadar uni heç kim söroq qilmaganini aytgan.
«Rasmiy tergov hozirgaça menga çiqmadi. Harbiy boşliqlar ham men bilan bu voqea haqida gaplaşişmadi. Balki bu men reabilitatsiya jarayonida bölganim, tibbiy körikdan ötayotganim uçundir. Baribir men ular bilan gaplaşişimga töğri keladi», — degandi Sestrivatovskiy.
Öşa intervyusida uşbu harbiy köpriklar minalaştirilgan bölganini aytgan. 24 fevral kuni aynan u köpriklarni portlatişga uringan, ammo mexanizm işlamagan. Keyin esa u ketişga uringan, ammo ulgurmagan va rossiyaliklarga asir tuşgan. Dengiz piyodasi bunga rossiyaliklar hududni yoppasiga öqqa tutişi oqibatida simlarga şikast yetgani yoki diversantlar işi sabab bölganini taxmin qilgan.
Davlat tergov byurosidagilar BBC söroviga javoban Sestrivatovskiy baribir söroq qilinganini ma’lum qilgan. Bu amalda uning intervyusi çiqişi bilanoq röy bergan.
«Fuqarolar harbiylarni sud qilişi»
Bu iş böyiça BBC bilan suhbatda bölgan harbiylar tomonidan berilgan asosiy savol - Davlat tergov byurosining fuqarolik tergovçilari bunday işni olib borişi qançalik töğri ekani haqida bölgan. Axir ularda köpinça harbiy tajriba bölmaydi, ular, ayniqsa, uruş olib boriş va harbiy qarorlar qabul qilişda tegişli tajribaga ega bölmaydi. Qolaversa, harbiylar fikriça, bu tergov xolisligiga şubha bor, çunki byuro prezident ofisi bilan aloqador deb hisoblanadi.
NATOning köplab mamlakatlarida bunday işlar harbiy politsiya tergovçilari tomonidan tergov qilinadi, ammo Ukrainada uruşning 9 yilida ham bunday organ tuzilmagan.
Mudofaa vazirligidagilar harbiy adliya modeli ustida iş olib borilayotgani haqida bir neça bor xabar bergan, ammo turli sabablarga köra bu jarayon juda sekin keçmoqda.
Gap Harbiy huquqni muhofaza qiliş xizmati negizida yangi tuzilma — Harbiy politsiya taşkil etiş haqida ketmoqda. Uning asosiy vazifalari harbiylarga qarşi işlarni tergov qiliş bölişi kerak. Tegişli qonun loyihasi allaqaçon işlab çiqilgan, u parlamentda ma’qullaş jarayonidan ötmoqda.
Prezidentni qöllab-quvvatlovçi «Sluga naroda» fraksiyasi harbiy adliya tizimi böyiça işlar faol davom etayotgani va yil oxirigaça qarorlar qabul qilinişi kutilayotganini aytadi. Parlamentdagi milliy xavfsizlik va mudofaa qömitasi raisi örinbosari Maryana Bezuglaning sözlariga köra, DTB tergovçilari asosiy e’tiborni harbiylarga emas, amaldorlar va rasmiy şaxslarga qaratişi kerak. Buning uçun harbiy tergovçilar va harbiy sudlarni öz içiga oluvçi alohida harbiy adliya tizimi taşkil etilişi kerak.
Ammo Janub okkupatsiyasi işida yana bir jihat mavjud. Harbiy doiradagilar jamoatçilik talabini tezda qondiriş uçun ularni aybdor qilib körsatişni istaşayotganidan xavotirlanişmoqda. Zero, ularning sözlariga köra, bu masalada uruş boşlangandagi voqealardan taşqari ungaça bölgan voqealarni tekşirişning ahamiyati ham katta. Xususan, umuman olganda mamlakat uruşga qanday tayyorlangani, hukumat bu yönalişda qanday qarorlar qabul qilgani yoki qabul qilmagani va armiyani maksimal darajada kuçaytiriş va uni mudofaaga tayyorlaş uçun nimalar qilgani.
General Sokolovning ta’kidlaşiça, unda rejaga köra Qrim yönalişini yopiş uçun közda tutilgan tört brigada örniga faqat bir yarimta bölgan. Belarusdan tortib Qrimgaça bölgan hududlarni qamrab oliş uçun qöşinlar yetişmagan. Şuning uçun, generalning hisoblaşiça, mamlakatda bosqin boşlanişidan avvalroq safarbarlik e’lon qilinişi yoki boşqa yöl bilan armiya sonini tezda oşiriş talab etilardi.
Boş ştabdagi manbalar bu tergov harbiy qömondonlikka ma’lum ma’noda bosim körsatayotgani haqida ham aytişgan. Prezident ofisi vakili esa bu heç qanday bosim emasligi, şunçaki jamoatçilik kim aybdor ekani haqidagi savolga javob olişni istayotganini bildirgan.
«Biz bunday iş borligi, unda harbiylar figurant ekanidan xabardormiz. Nima uçun köpriklar portlatilmagani, rossiyaliklar esa bu qadar tez kirgani va Xersonni egallab olganiga oydinlik kiritiş kerak», — degan prezident ofisidagi manba. Va şunday qöşimça qilgan: «Ukraina qurolli kuçlari nizomi bor, harbiylar esa şu nizom böyiça harakat qilişi kerak. Ularga "Köpriklarni portlating!" deb prezident buyruq berişi kerak emas, harbiylar joydagi vaziyatdan kelib çiqqan holda iş tutişi kerak. Tergov buni tekşirişi kerak».
Ukraina armiyasi mustaqillik tarixida ilk bor bunday keng kölamli tajovuzkorlik bilan töqnaş keldi va bu jihatni ham e’tiborga oliş kerak, deb hisoblaydi sobiq köngilli, endi esa Ukraina qurolli kuçlari harbiysi, dengiz piyodasi Oleksandr Karpyuk.
«Zaxiralar va resurslar bölmagan. Biz radioelektron kuraş vositalari, raketalar, aviatsiya bilan ilk bor töqnaşdik. Kuçlar nisbati 1:20 edi. Men töğri tuşundimmi - fuqarolik jamiyati aviatsiya, raketa va 20 barobar köp bölgan raqibga qarşi tura olmagani uçun harbiylarni qoralayaptimi?» — deya ritorik savol qöygan u.
Karpyukning sözlariga köra, suriştiruv ötkaziş — harbiylar öşa şaroitda amalga oşirişi kerak bölgan barça harakatlarni amalga oşirganmi yoki yöq, buning uçun ularda kuç va vositalar bölganmi yoki yöqligiga oydinlik kiritadigan töğri iş.
Ammo global miqyosda, bu vaziyatga biroz boşqaça qaraş kerak: «Bu örinda barça aybdor. Va divanda ötirgan, keyin esa fuqarolik majburiyati bölişiga qaramay çamodanlarini olib, mamlakatdan qoçib ketgan odamlar ham. Keng kölamli bosqinga tayyorlanmagan hukumatga ham savollar bor».
Barça hisob-kitoblarga köra, jumladan Ğarb ekspertlari baholaşiça, Ukraina Rossiya işga solgan kuç va vositalardan kelib çiqqan holda bardoş bera olmasligi kerak edi.
«Ammo Ukraina qurolli kuçlari möjiza körsatişdi», — deydi Karpyuk.
Va harbiylar mudofaaga qanday tayyorlangani haqidagi savolga javob qidiriş bilan bir vaqtda umuman mamlakat uruşga qanday tayyorlanganini tahlil qiliş kerak, aks holda kartina notöliq bölib qoladi, deb qöşimça qilgan u.













