Ukrainada urushning 582-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin 30 sentabrni «Birlashish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi — shu kuni Rossiya Ukrainaning to‘rt hududini anneksiya qilgan.
- Polsha bosh prokurori 2022 yil noyabrida Pshevoduvga qulagan va ikki kishini o‘ldirgan raketa ukrainlarniki bo‘lganini tasdiqladi.
- Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiya rejimiga amal qiladi, dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev, tafsilotlarga to‘xtalmasdan.
- Volodimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ukraina prezidenti qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishni so‘radi.
- «Rossiya ozodligi» legioni Belgorod oblastida reyd o‘tkazgani haqida ma’lum qildi. Region rasmiylari diversantlar RF hududiga bostirib kirganini inkor etdi, ammo chegarada to‘qnashuv bo‘lganini tasdiqladi.
- RF qo‘shini dronlar bilan Ukraina hududiga yoppasiga hujum uyushtirdi. 44 ta uchuvchisiz uchar qurilmalarning 34 tasi urib tushirilgan.
- Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, Eron va Rossiya uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. BMT Xavfsizlik kengashining bunday kelishuvni taqiqlovchi rezolyutsiya amal qilish muddati 18 oktyabrda tugaydi.
Lviv. Frontda qo‘l-oyog‘idan ayrilgan ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni

Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Aziz Karimov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images


























