Gurjistonda davlat töntarişiga tayyorgarlik körgan guruh foş etildi, deb xabar berdi mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati 18 sentabr, duşanba kuni. Unga köra, tegişli şaxslar ham mamlakat içida, ham xorijda harakat qilgan. «Buzğunçi jarayonlar boşlanişi uçun tanlangan davr joriy yilning oktyabr-dekabr oylari bölib, öşanda Yevropa komissiyasining Gurjistonga Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomini beriş yoki bermaslik haqidagi qarori ommaga e’lon qilinişi kerak», - deydi maxsus xizmat.
Unga köra, guruh a’zolari Yevrokomissiya Gurjistonga nomzod maqomini bermasligiga umid qilgan va bu qarordan Tbilisi hukumatini rossiyaparast siyosat yuritayotganlikda ayblaş uçun foydalanişi mumkin bölgan. Maxsus xizmat xabarida aytilişiça, fitna taşkilotçilari - Gurjiston sobiq içki işlar vaziri Vano Merabişvili, uning sobiq örinbosari, hozirda Ukraina harbiy aksilrazvedkasi boşliği örinbosari Gia Lordkipanidze, Gurjiston sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining qöriqçisi Mixail Baturin, şuningdek, Ukrainada faoliyat yurituvçi «Gurjiston legioni» qömondoni Mamuka Mamulaşvili.
«Fitnaçilar öz rejalarini xorijning moliyaviy kömagi hamda Ukrainada jang qilayotgan, «Kanvas» va «Otpor» taşkilotlariga a’zo bölgan gurji millatiga mansub yoşlarning katta guruhi yordamida amalga oşiriş niyatida bölgan. Aynan şu taşkilotlar Serbiya va boşqa mamlakatlarda «inqilobiy» jarayonlarda faol qatnaşgan», — deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati bayonotida.
Saakaşvilining partiyasi barça ayblovlarni rad etdi
Muxolifatdagi Mixail Saakaşvilining «Birlaşgan milliy harakat» partiyasi davlat töntarişiga tayyorgarlik haqidagi barça ayblovlarni rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, bunday ayblovlar orqali Tbilisidagi amaldagi hukumat jamoatçilikni «Yevropa Ittifoqi Gurjistonning rossiyaparast hukumatiga nomzod maqomini berişdan boş tortişiga» tayyorlamoqda. Mamuka Mamulaşvili ham Davlat xavfsizlik xizmati bayonotiga munosabat bildirdi, u Gurjiston ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ayblovlarni «soxta» deb atagan.
Ukraina va Moldovaga 2022 yil iyun oyida Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilgan bölsa-da, Gurjiston bu maqomni oliş uçun muayyan islohotlarni amalga oşirişi kerak. YeI tomonidan sanab ötilgan ön ikkita eng dolzarb yönalişlar orasida siyosiy qutblanişga qarşi kuraş, sud-huquq islohotlari, korrupsiyaga qarşi mustaqil organ yaratiş, ommaviy axborot vositalari erkinligi va «deoligarxizatsiya» bor. Oktyabr oyida Yevrokomissiya Gurjistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşişi böyiça keyingi qarorlar uçun asos böladigan hisobot taqdim etişni rejalaştirmoqda.

















