Jahon | 09:53 / 29.09.2023
6186
1 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya sobiq bosh vaziri faoliyatini shou-biznesda davom ettiradi

Sanna Marin Range Media Partners kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Foto: Reuters

Finlandiya sobiq bosh vaziri Sanna Marin televideniye, kino, media va ko‘ngilochar sohalar uchun iste’dodlarni izlashga ixtisoslashgan Range Media Partners kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Politico. 

Range Media Partners dunyo yulduzlari, jumladan Hollivud yulduzlari bilan hamkorlik qiladi. 

Marin avvalroq Toni Bler instituti bilan siyosiy yetakchilarga maslahat beradigan strategik maslahatchi sifatida hamkorlik qilish niyatini bildirgan edi. 

Finlandiya parlamenti 2019 yil dekabr oyida Sanna Marinni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash uchun ovoz berdi. 

O‘shanda 34 yoshda bo‘lgan siyosatchi dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylandi. 

Aprel oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng u rahbarlik qilgan Sotsial-demokratik partiya iste’foga chiqdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid