Ukrainalik uruş qoçqinlari Yevropa Ittifoqida kamida 2025 yil martigaça maxsus himoyadan foydalanadi. Bunday qaror Yevrokomissiya taklifi bilan 28 sentabr, payşanba kuni Bryusselda bölib ötgan YeI içki işlar vazirlarining yiğilişida qabul qilindi, deb xabar berdi Yevropa kengaşi matbuot xizmati.

Rossiyaning Ukrainaga hujumidan söng Yevropa Ittifoqi davlatlari birinçi marta Vaqtinçalik himoya direktivasiga murojaat qildi. U ukrainalik qoçqinlarga tez va byurokratik keçikişlarsiz, boşpana beriş tartibisiz vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsat oliş imkonini yaratadi. Ular işga joylaşişi, farzandlarini maktabga yuborişi va tibbiy suğurtaga ega bölişi mumkin. Hozirgaça vaqtinçalik himoya 2024 yil mart oyi boşigaça çeklangan edi, deya eslatadi AFP.

Muddatning uzaytirilişi Yevropa Ittifoqidagi tört milliondan ortiq ukrainaliklarning xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan. Ulardan bir millionga yaqini Germaniyadan boşpana topdi. 

Qança vaqt kerak bölsa, şunça amal qiladi

Germaniya federal içki işlar vaziri Nensi Fezer Bryusselda kelişuvning uzaytirilişini «yaxşi signal» deb atadi. Yevropa Ittifoqining içki işlar böyiça komissari Ilva Yoxansson sözlariga köra, şu yöl bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar «qança kerak bölsa, şunça vaqt Ukraina va ukrainaliklar qöllab-quvvatlanişini» körsatmoqda.