Unda dastur talablari, ariza töldiriş qoidalari va firibgarlardan ehtiyot böliş uçun tavsiyalar joy olgan.

Qöşma Ştatlarning Özbekistondagi elçixonasi Diversity Visa 2025 dasturida iştirok etiş niyatida bölganlar uçun 10 ta muhim maslahat bilan tanişib çiqişni tavsiya etdi.

  1. dvprogram.state.gov sayti orqali dastur şartlari bilan tanişib çiqing. Agar dastur talablariga javob bermasangiz, unda iştirok etmang;
  2. Faqat AQŞ hukumatining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayaning. DV2025 dasturi böyiça ma’lumotni taqdim etuvçi yagona rasmiy manba «.gov» bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi;
  3. dvprogram.state.gov sayti orqali ariza topşiring. Bu dasturda iştirok etişning yagona yölidir. Soxta veb-saytlar yoki firibgarlarga aldanib qolmang;
  4. Dasturda iştirok etiş uçun ariza topşiriş bepul. Arizangizni bepul töldirib berişni taklif etadigan yoki tölov orqali dasturda imkoniyatingizni oşirib berişni va’da qiladigan şaxslardan ehtiyot böling;
  5. Oxirgi 6 oy içida olingan fotosuratdan foydalaning. Ariza topşiriş vaqtida eski fotosuratdan foydalaniş dasturdan çetlatişga sabab böladi;
  6. Bir iştirokçi faqatgina bir marta ariza topşirişi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan köp ariza topşirgan şaxslar dasturdan çetlatiladi;
  7. Siz bilan birga sayohat yoki immigratsiya qilmaydigan taqdirda ham, arizangizga turmuş örtoğingiz va 21 yoşdan kiçik va turmuş qurmagan barça farzandlaringizni kiritiş kerakligini yodda tuting. Dasturda iştirok etiş uçun tanlangan holatingizda ham, arizangizga xato yoki töliq bölmagan ma’lumot kiritgan bölsangiz, dasturdan çetlatilişingizni inobatga oling;
  8. Maxsus tasdiqlov raqamingizni (confirmation number) saqlab qöying. 2024 yil may oyida dastur böyiça tanlov natijasini tekşiriş uçun uşbu raqam kerak böladi;
  9. Dastur böyiça tanlov 2024 yil may oyida bölib ötadi. Dasturda iştirok etiş uçun tanlab olinganingiz haqida ma’lumotga ega bölişning yagona yöli dvprogram.state.gov/ESC sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki e-mail orqali kelgan e’lonlarga aldanib qolmang, bu turdagi xatlar firibgarlik usuli ekanini yodda tuting;
  10.  Dasturda tanlab olinganlik — viza uçun suhbatda iştirok etiş yoki viza oliş kafolatini bermasligini yodda tuting.

Diversity Visa 2025 dasturi böyiça Green Card lotereyasida iştirok etiş uçun arizalar qabuli 4 oktyabrdan boşlanib, 7 noyabrgaça davom etadi.