Qozoğiston haqida salbiy fikr bildirgan va bu mamlakat bilan Ukraina örtasida «bir qator öxşaşlik»lar borligini ta’kidlagan şaxslar reyestri yuritilmoqda. Bu haqda respublika taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi. 

«Tabiiyki, biz bunday röyxatni yuritamiz. Ammo bu işçi röyxat va biz uni oşkor qilmaymiz. Röyxatdagilar sonini ham aytolmaymiz», dedi u. 

Röyxatdagi şaxslarga nisbatan qanday çora körilişi haqidagi savolga javob berar ekan, Smadiyarov ularning mamlakatga kiritilmasligini aytdi. 

«Ular uçun çegaralar yopiladi, ular Qozoğistonga kira olmaydi», deb tuşuntirdi u. 

Avvalroq, Qozoğistonda ilk bor «çet el agentlari» reyestri e’lon qilingan edi. 240 ta yuridik va jismoniy şaxslar nomlari kiritilgan röyxatdan huquqbonlar, jurnalistlar va xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari örin olgan. Qozoğiston rasmiylari Rossiyadan farqli ölaroq, bunday röyxatdagilarga heç qanday çora körilmasligini ma’lum qildi.