Rossiya tarkibiga kiruvçi Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining 25 yoşli qizi Ayşatni respublika boş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi. Hukumatda u ijtimoiy blok uçun mas’ul böladi.

«Çeçeniston Respublikasi hukumati bilan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda Boş vazir Muslim Xuçiyev Ayşat Qodirovani Çeçeniston hukumati raisining ijtimoiy blok böyiça örinbosari lavozimiga tayinlaş taklifini kiritdi», deb yozdi Qodirov ijtimoiy tarmoqda.

Unga köra, Çeçeniston Respublikasi boş vazirining sobiq örinbosari Musa Dadayev Madaniyat vazirligini boşqaradi. Uning örnini esa qizi egallaydi.

Ayşat Qodirova ilgari Çeçeniston madaniyat vaziri lavozimida işlagan. Şu yil sentabr oyida Vladimir Putin uni II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlagan edi.

Qodirovning döstlari va qarindoşlari Çeçenistonda köplab lavozimlarga tayinlangan.

Aprel oyida Çeçeniston rahbarining jiyani 26 yoşli Hamzat Qodirov xavfsizlik bloki böyiça maslahatçi etib tayinlangan edi. Qodirovning yana bir jiyani Ibragim Zakriyev respublika boş vaziri örinbosari, qişloq xöjaligi vaziri lavozimlarida işlaydi. Bundan taşqari, joriy yil iyul oyida Zakriyev Danone Russia kompaniyasining yangi boş direktori böldi.