Ukrainadagi urushning 586-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- The New York Times nashri yozishicha, Rossiya, katta ehtimol bilan, istiqbolli yadroviy qanotli raketa «Burevestnik»ni sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
- «Rossiya 1» telekanalida Rossiyaning Ukrainaga o‘g‘irlab ketilgan Mi-8 vertolyoti haqida syujyet namoyish etildi — bunda pilot ekipajning ikki a’zosini o‘ldirishda ayblangan. Pilotning o‘zi ukrain harbiylariga asir tushgan.
- Ukraina razvedkasi tasdiqlashicha, dronlar orqali Smolenskiydagi X-59 raketalari ishlab chiqariladigan aviazavodga hujum uyushtirilgan. RF mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchar qurilmalar havo hujumidan mudofaa kuchlari orqali yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.
- Rossiya Rostov-na-Dondan anneksiya qilingan Mariupolgacha yangi avtomagistral qurmoqda, deb yozadi «Radio Svoboda».
- Bolgariya Rossiya raqamlaridagi avtomobillar uchun chegaralarini yopishini e’lon qildi.
- Sentyabr oyida RF qo‘shini Ukrainaga urush boshidan buyon rekord miqdordagi dronlar bilan hujumlar uyushtirgan. Ukrainaning Defense Express nashri hisoblariga ko‘ra, sentabrda Rossiya qo‘shini Shahed-136 tipidagi 503 ta zarbdor dron qo‘llagan.
Xarkiv oblastida o‘t qo‘yilgan dala
Xarkiv oblastining ozod etilgan qismi aholisi piyodalarga qarshi minalar va portlamay qolgan snaryadlarning hech bo‘lmagan bir qismidan xalos bo‘lish uchun dalalarni yondirib yubormoqda. Bunday choraning samaradorligini aniq belgilash juda qiyin. Ayni vaqtda Ukraina dunyoning eng kuchli minalangan hududi bo‘lib qolmoqda.

Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press






















